Marvel studiyasi “Qasoskorlar: Cheksizlik urushlari” filmining birinchi treylerini taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Kadr: YouTube

Videorolikdan ma’lum bo‘lishicha, filmda 10 yil davomida franshiza kartinalarida paydo bo‘lgan deyarli barcha superqahramonlar ishtirok etadi.

Yangi filmda ular Tanos ismli qudratli dushmanga qarshi kurashadi. Tanos rolini Josh Brolin ijro etdi.

Filmda asosiy rollarni Kichik Robert Dauni, Kris Evans, Skarlett Yoxansson, Tom Xolland, Elizabet Olsen, Mark Ruffalo, Pol Bettani, Benedikt Kamberbetch, Kris Pratt, Zoi Saldana, Deyv Batista, Bredli Kuper, Kris Xemsvort, Tom Xiddlston, Sebastyan Sten, Samyuel L. Jekson, Pol Radd, Jeremi Renner, Chedvik Bouzman, Entoni Maki, Karen Gillan va boshqalar ijro etdi.