KXDR raketa sohasi rivojlanishining joriy sur’atlarida jangovar qit’alararo yadro qurolini yaratishi uchun mamlakatga kamida o‘n yil kerak bo‘ladi, deb hisoblaydi kosmik sohadagi rossiyalik ekspert Ivan Moiseyev. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Nazariy jihatdan KXDR sun’iy yo‘ldosh uchirgan ekan, raketa ham yarata oladi, biroq jangovar kallakli jangovar raketa, ayniqsa aniq bir nuqtaga yadro zaryadini tashuvchi raketani yaratishi uchun mamlakat uzoq yo‘l, eng kamida o‘n yilni bosib o‘tishi kerak”, — deydi ekspert.
Moiseyevning ma’lum qilishicha, KXDRda tashuvchi raketaning sinovdan o‘tkazilishini mamlakatning uning bazasida to‘laqonli yadro qurolini yaratishga tayyor ekanligining dalili sifatida baholab bo‘lmaydi. KXDR jangovar qit’alararo raketa yaratishi uchun bir qator to‘siqlarni yengishi zarur.
“Sun’iy yo‘ldoshni uchirish uchun foydalanilgan raketa jangovar zaryadni tashish uchun na yetarlicha massa, na quvvatga ega. Buning uchun modifikatsiya emas, butunlay boshqa raketa kerak. Qolaversa, parvozni boshqarish muammosini ham hal qilish zarur, chunki ular raketalarining aniqligi katta shubha uyg‘otadi. Shuningdek, raketa va jangovar kallakni birlashtirish va zarur miqdordagi sinovlar o‘tkazish muammosi hal etilishi kerak. Shunday ekan, bular jangovar qurol sinovi emas, shunchaki bayonotlardir”, — qo‘shimcha qiladi ekspert.
Izoh (0)