Misr xavfsizlik kuchlari Sinay yarim orolidagi terrorchilik yacheykasini zararsizlantirdi. U xristian ibodatxonalariga hujum qilishni rejalashtirayotgan edi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Jami olti kishi ushlandi.
Bundan tashqari, Ismoiliya va al-Ashir-min-Ramazon shaharlarida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyalari davomida otishma yuzaga kelib, 11 ekstremist yo‘q qilindi.
Radikallarning boshpanalaridan katta miqdorda o‘qotar qurollar, ratsiyalar va portlovchi modda topildi.
Izoh (0)