AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Rojdestvo arafasida prezident qarorgohini bezatdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Oq Uy bayramga tayyor”, — deb yozdi u Instagram’dagi sahifasida.
Oq Uyning asosiy bezagi Viskonsindan keltirilgan 5,5 metrlik archa bo‘ldi. U Moviy xonada o‘rnatildi. Bundan tashqari, Oq Uyning turli qismlarida 52 ta archalar o‘rnatildi.
Bino va fasadni bezatishga 3 ming metr tasma, 300 metr girlyanda, 18 ming chiroq va 12 ming o‘yinchoq sarflandi.
OAV vakillari Oq Uyning bezatilgan xonalaridan biri qo‘rqinchli filmlar dekoratsiyasiga o‘xshab qolganiga e’tibor qaratdi.
Izoh (0)