Indoneziya rasmiylari Bali orolida Agung vulqoni otilishi tufayli bu yerdagi xalqaro aeroport faoliyatini yana bir sutkaga to‘xtatdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aeroport vakilining so‘zlariga qaraganda, 28-noyabr kuni 400 ta reys bekor qilindi, 59 500 kishi parvozlar qaytalanishini kutmoqda. “Interfaks” agentligiga ko‘ra, ularning bir kecha mehmonxonada tunashini mahalliy ma’muriyat qoplaydi.
Muqaddam Bali orolida joylashgan Agung vulqoni otilishi oqibatida bu yerdagi xalqaro aeroport yopilgan, buning oqibatida 60 mingga yaqin turist uylariga qaytolmay qolib ketgan edi.
Bundan tashqari, Indoneziya hukumati Agung vulqoni uchun xavfning eng yuqori darajasini belgilagan edi. Nihoyat, vulqon otilishi oqibatida sayyohlar Baliga chipta xarid qilishni to‘xtatgani xabar qilindi.
Izoh (0)