Buyuk Britaniyaning Uest-Midlends grafligi politsiyasi Birmingemda Mercedes mashinasining olib qochib ketilishi aks etgan kuzatuv kameralari videosini e’lon qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Mashina egasi uxlab yotganida o‘g‘rilar uning tizimini kalitsiz buzib, olib qochib ketdi. Talonchilik bir daqiqa davom etdi.
Videodan ma’lum bo‘lishicha, niqob taqqan ikki kishi yordamida uyda eshitilgan kalit signalini ushlab, uni retranslyator yordamida mashinaga yetkazgan. Mercedes elektronikasi buni payqamay, eshikning ochilishiga yo‘l qo‘ygan.
Politsiyaga ko‘ra, mamlakatda bunday olib qochish uslubi birinchi marta qayd qilindi.
Izoh (0)