Kataloniya aholisining chorak qismi muxtoriyatning Ispaniyadan ajralib chiqishi bo‘yicha jarayonni davom ettirish lozim deb hisoblaydi. Buni Metroscopia jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan El Pais gazetasi buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
So‘rov 20–22-noyabr kunlari o‘tkazildi. Unda Kataloniyada istiqomat qiluvchi 1800 fuqaro ishtirok etdi. Statistik xatolik koeffitsiyenti 2,4 foizni tashkil etadi.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 71 foizi 21-dekabr kuni mintaqa parlamentiga bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari saylovdan so‘ng markaziy hokimiyat bilan kelishuvga erishish yo‘lida harakat qilish lozim deb hisoblaydi. 24 foiz respondent muxtoriyat mustaqillik sari yo‘lni davom ettirishi lozimligini aytdi.
Shu bilan birga, Madrid bilan kelishuvga erishish mumkinligiga ishtirokchilarning 56 foizi ishonadi, 26 foizi esa kelishuvlarga qarshi.
Izoh (0)