O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, odamlar nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlaridan charchagan. Prezident bu haqda 22-iyun kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida aytib o‘tgan; yig‘ilishning avval ko‘rsatilmagan videoparchasi 27-noyabr kuni internetda paydo bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, odamlar tekshiruvchi organlarga ishonmay qo‘ygan.

Tekshir-tekshir!.. Birortang tekshirsang, o‘sha kuni ishdan ketasan. Tekshiruvlaringdan odamlar charchagan. Odamlar davlatga emas, sizlarga ishonmay qo‘ygan. Prokuror, militsiya, soliq va yana bir-ikki tashkilotlar — hammaning oyog‘iga kishan!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti