O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” MA, Yosh kinoijodkorlar kengashi hamda Kinemotografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan III Respublika PROLogue – 2017 kinofestivalining ochilish marosimi davom etmoqda, ma’lum qildi “Daryo”ga Yosh kinoijodkorlar kengashining matbuot xizmati.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Yoshlar ijod saroyida san’at ahlining buyuk afsonalaridan tortib yosh umidli rejissor va aktyorlar bir davraga jam bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Festival loyihasi doirasida san’at sohasida bosib o‘tgan yo‘li bilan haqiqiy afsonaga aylangan san’at darg‘alarga bag‘ishlangan “Oramizdagi afsonalar” nomli fotoko‘rgazmaning ochilishi boshlandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ko‘rgazmada 30 dan ortiq mashhur kinoijodkorlar: Ali Hamrayev, Shuhrat Abbosov, Zulfiqor Musoqov, Rixsi Ibrohimova kabi tirik afsonalarning suratlari o‘rin olgan.

Foto: “Daryo”

Ko‘rgazma g‘oyasi muallifi Muxlisa Azizova, fotograf — G‘ayrat Mo‘minov.

 “Oramizdagi afsonalar” — bu yoshlarning ustozlarga bo‘lgan hurmati sifatida tashkil etilgan ko‘rgazma. Aytishimiz mumkinki, ustoz san’atkorlar yosh kinoijodkorlar uchun o‘zining beqiyos ijod maktabini yaratgan. Ularda biz — kinoijodkorlar o‘rganishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ijod sirlari mavjud. Ushbu ko‘rgazmani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad ham ustozlarni qo‘llab-quvvatlash, ular doimo e’tibor markazida ekanliklarini eslatishdir.

Muxlisa Azizova, rejissor, ko‘rgazma muallifi  

Foto: “Daryo”

PROLogue – 2017  kinofestivali doirasida tashkil qilingan loyihalar davom etmoqda.