MyDay nashri taniqli o‘zbek xonandalari o‘tgan hafta nima bilan band bo‘lganini o‘rgandi.

Foto: MyDay

Manzura Yo‘ldosheva

Xonanda Manzura o‘tgan hafta yangi videoklip suratga olish ishlari bilan band bo‘ldi. “Ona” deb nomlangan taronaga tasvirga olinayotgan videoketma-ketlikka Dilmurod Agzamov rejissorlik qilayotgan bo‘lsa, operatorlik vazifasi xonandaning ishongan operatori Rustam Murodovga ishonib topshirilgan.

Foto: MyDay

Foto: MyDay

Ulug‘bek Rahmatullayev

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev olti kunlik konsert dasturi nihoyasiga yetgach, Yevropa bo‘ylab sayohatga chiqdi. Parij, Amsterdam, Barselona kabi jahonga mashhur shaharlarda tushgan suratlarini Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylagan xonanda uch kun avval O‘zbekistonga qaytib keldi.

Foto: MyDay

Shahzoda

Xonanda Shahzoda yana yangi taronalar ustida ish boshladi. U doimiy hamkorlik qiladigan mualliflari — “Benom” guruhi vakillari bilan yangi qo‘shiq yozmoqda.

Foto: MyDay

Umidaxon

Xonanda Umidaxon Xojiyeva “Ana endi” deb nomlangan sokin taronasiga klip suratga oldirdi. Mazkur tarona “Ummon” guruhi vakili Zohid tomonidan yozilgan bo‘lib, klipda ham uning o‘zi suratga tushdi.

Foto: MyDay

Sardor Rahimxon

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon 26-noyabr kuni Sankt-Peterburgda konsert dasturini taqdim etdi. Konsert dasturida so‘z ustasi va aktrisa Halima Ibragimova maxsus mehmon sifatida qatnashdi.

Foto: MyDay

Sarvar Akbarov

“Sharq” guruhi yakkaxoni Sarvar Akbarov farzandi Alixonning birinchi tug‘ilgan kunini nishonladi. Katta bayram tadbirida ko‘plab estrada vakillari mehmon bo‘ldi.

Foto: MyDay

Dilso‘z

Dilso‘z taxallusi bilan mashhur xonanda Go‘zal Jumaniyozova o‘tgan hafta hamkasbi Munisa Rizayevaning konsert dasturida mehmon bo‘ldi.

Foto: MyDay

Shuningdek, xonanda teleboshlovchi Parviz Fattoyevning nikoh oqshomida bo‘lib, ikki yoshni tabrikladi.

Foto: MyDay

Munisa Rizayeva

Xonanda Munisa Rizayeva “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi.

Foto: MyDay