O‘rta Yer dengizida muhojirlar ketayotgan qayiqlarga akulalar hujum qilishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda, Liviya harbiy-dengiz kuchlariga tayanib, The Daily Mail xabar bermoqda.
Voqea 25-noyabr kuni Liviya sohillariga yaqin yerda ro‘y berdi. Hujumga uchragan 200 ga yaqin muhojirning ko‘pchiligi Somali, Gana, Nigeriya va Efiopiya vakillaridir. Italiyaga yo‘l olgan muhojirlar O‘rta Yer dengizini ikkita puflama qayiqda kesib o‘tayotgan edi. Kutilmaganda qayiqlardan biri hozircha aniqlanmagan sababga ko‘ra cho‘ka boshladi. Suvga tushgan odamlarga akulalar hujum qildi.
Voqea joyiga qirg‘oq qorovuli yetib keldi. Ular suvda o‘nlab murdalar va to‘rt-besh akulani qayd qildi. Ayrim tanalarda akulalar tishlarining izlarini ko‘rish mumkin edi.
Besh soat davom etgan qidiruv ishlari natijasida faqat bir kishi topildi. Jami 60 kishi suvdan chiqarib olindi, so‘ng Italiyaga yo‘l olgan ikkinchi qayiqda bo‘lgan 140 kishi ham qirg‘oqqa olib kelindi. Barcha tirik qolganlar Tripolidagi harbiy-dengiz bazasiga olib kelindi.
Izoh (0)