Rejissor Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmi noyabr oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Noyabr oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “O‘g‘ri” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Siroj Abdullayevning “Daydi”, Imtiyaz Alining “Muhabbat yosh tanlamas” filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Kulba”, “Sevgimiz uchun”, “Armon”, “Ota uyi” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

20-noyabr — 26-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)

Rejissor — Durdona To‘laganova

2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)

Rejissor — Otabek Mirzaxolov

3-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)

Rejissor — Mirmaqsud Oxunov

4-o‘rin. “Daydi” (jangari)

Rejissor — Siroj Abdullayev

5-o‘rin. “Muhabbat yosh tanlamas” (komediya)

Rejissor — Imtiyaz Ali