Har qanday muvaffaqiyat o‘ziga xos qoidalar asosida hosil bo‘ladi. “Eng kichigidan boshla” deb nomlanuvchi kitobda maqsadni qanday qilib to‘g‘ri qo‘yish va unga erishishning yettita asosiy tushunchalari keltirilgan.

Foto: Flickr

Biz sizga bu kitobdagi yuqori natijalarga erishish yo‘lini qurishning to‘rt qoidasi haqida aytib bermoqchimiz.

O‘zingizga oddiy qoidalar joriy qiling

Biron bir maqsadga erishish uchun sizga tartib-intizom kerak. Tartib-intizom biz rioya qiladigan qoidalardan iborat. Qoidalar oddiy bo‘lishi kerak.

Masalan, “Shirinlikni faqat yakshanba kunlari yeyish” qoidasiga rioya qilish “O‘zini shirinlikdan cheklash”ga qaraganda ancha osonroq. Chunki qoida juda aniq belgilangan. Ikkinchi holatda esa hammasi biroz murakkabroq. Cheklash deganda nimalar nazarda tutilgan? Pishiriqlarmi yoki hamma shirinliklarmi? Har gal buni aniqlab olish uchun ham zo‘r berishga to‘g‘ri keladi.

O‘zingizga arbitr qo‘ying

Agar sizga har doim biron-bir ishni qilishga o‘zingizni majbur qilish qiyin bo‘lsa, o‘zingizga arbitr qo‘ying. Statistikaga ko‘ra bu muvaffaqiyatga erishish ehtimolini 70% ga oshiradi. Lekin arbitr tasodifiy odam bo‘lmasligi kerak. Iloji boricha sizga achinmaydigan va sizning omadsizligingizdan quvonmaydigan hamkasbingiz yoki do‘stingizni tanlaganingiz yaxshi.

O‘zingizni mukofotlang

Maqsadga yetishish ancha qiziqarliroq, agar bu shunga arzisa. Lekin maqsadga erishish yo‘lida motivatsiyani yo‘qotmaslik uchun o‘zini mukofotlash juda zarur. Bundan tashqari, uning yordamida foydali odatlarni ham joriy qilish mumkin.

Ijtimoiy tizimga qo‘shiling

Muhitning odamga kuchli ta’sir ko‘rsatishi masalasida tortishib o‘tirishning ma’nosi yo‘q.

Jamiyatning ta’siridan ijobiy foydalanish mumkin. Maqsadingizga erishishda yordam beruvchi ijtimoiy tizimlarga qo‘shilishga harakat qiling.

Jamiyatshunos Ueyn Beyker ijtimoiy aloqalardan o‘zi va atrofdagilar uchun yordam sifatida foydalanishning oson yo‘lini o‘ylab topdi. Bu usul “O‘zaro yordam halqasi” deb ataladi. Va uning ma’nosi shundan iboratki, odamlar aylana bo‘lib turadi va har bir kishi o‘ziga qanday yordam kerakligi haqida aytadi. Keyin hamma qatnashuvchilar ularning tanish-bilishlari bu odamning maqsadiga yetishiga qanday yordam berishi ustida fikrlaydi.

Ijtimoiy aloqalar va tizimlardan maqsadingiz yo‘lida foydalanishdan qo‘rqmang. Shunda siz maqsadingizga tezroq erishasiz.

Manba: “Layfxaker”