Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning yaqin safdoshlaridan biri Armando Xart 26-noyabr, yakshanba kuni 87 yoshida vafot etdi. Granma gazetasining ma’lum qilishicha, u Gavanada respirator yetishmovchilik oqibatida vafot etgan, deb yozadi “TASS”.
Xart Kuba tarixiga inqilobiy kurashning faol ishtirokchisi va ta’lim vaziri sifatida kirgan.
Xart 1959-yildan 1965-yilgacha Karib mamlakati ta’lim vazirligi, 1976-yildan 1997-yilgacha esa madaniyat vazirligiga yetakchilik qilgan. Uzoq yillar davomida Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi bo‘lgan.
Xart bir nechta kitoblar, jumladan, Kubaning mashhur siyosatchilari va ziyolilari hayoti haqidagi majmua — “Profillar”ni yozgan. U bir nechta universitetlarning sharafli doktori unvoniga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)