Ekspertlarning fikricha, smartfonga ega bo‘lish hissi faqatgina uning raqamli funksiyalariga bog‘liq emas. Unga teginish, qo‘llar orqali uni his qilish, artish, tozalash — buning o‘zi baxt hisoblanadi. Aynan shu kabi holatlar uchun “Smartfon o‘rinbosari” nomli qurilma ishlab chiqarildi, deb xabar berdi “Hi-Tech Mail.Ru”.

Foto: Substitute Phone

“Smartfon o‘rinbosari” — ichiga tosh sharchalar o‘rnatilgan yuqori sifatli plastik bo‘lagi. Tosh sharchalarni bemalol aylantirish mumkin, u foydalanuvchiga zavq bag‘ishlaydi va barmoqlarni massaj qiladi.

Foto: Substitute Phone

“Smartfon asabni tinchlantiradi, masalan u haqiqiy smartfonga o‘ta bog‘lanib qolgan odamlarga yordam beradi. Qurilma terapevtik ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega”, — deydi qurilma yaratuvchisi.

Shuningdek, uning aytishicha, “smartfon”ni yaratishda ixtirochini o‘z telefoniga sababsiz va ma’nisiz tikilaveradigan, qo‘lida bemaqsad aylantiraveradigan odamlardan tashqari, chekishni yog‘och imitatsiyadan foydalangan holda tashlagan yozuvchi Umberto Eko ilhomlantirgan.

Foto: Substitute Phone

Foto: Substitute Phone

“Bu ham xuddi shu kabi hissiyot edi, biroq nikotinsiz, shunchaki jismoniy aloqa. Men bu haqda o‘ylab ko‘rdim va shu kabi jismoniy hissiyotni bera oladigan, ammo ortiqcha funksiyalarsiz smartfonni yaratish kerak degan qarorga keldim”, — deydi ixtirochi.