TechRadar portali mutaxassislari 2017-yilning 15 ta eng yaxshi smartfonlari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Reytingda Samsung Galaxy S8 yetakchilik qildi, iPhone X esa bor-yo‘g‘i to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Fotolia

Reytingni tuzishda TechRadar qurilmalarning quvvati, dizayni va xususiyatlarini hisobga oldi. Biroq asosiy e’tibor smartfonlarning narxi va sifati muvofiqliligiga qaratildi.

Birinchilikni egallagan Samsung Galaxy S8 kuchli xususiyatlari, ajoyib kamerasi va ekrani bilan uyg‘unlashgan past narxi bilan maqtana oladi.

Reytingning birinchi uchligiga, shuningdek, Samsung Galaxy S8 Plus va Google Pixel 2 kirdi.

Apple kompaniyasi smartfonlari (iPhone X va iPhone 8 Plus) ro‘yxatda to‘rtinchi va to‘qqizinchi pog‘onalarni band etdi.

Eng yaxshi gadjetlar o‘nligiga Huawei Mate 10 Pro, Samsung Galaxy Note 8, LG V30, LG G6 va OnePlus 5T ham kirdi.