Internetda Tesla kompaniyasi qanday smartfon chiqarishi mumkinligi haqida videorolik paydo bo‘ldi. Videokonsept YouTube’ning Concept Creator kanalida joylashtirildi.

Videoga qaraganda, gadjet qo‘shkameraga, hoshiyasiz displeyga va metall korpusga ega.

Tesla hali smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirmayapti, shu bois uning texnik tavsifi va chiqarilish sanasi haqida ma’lumot keltirilmadi.