Fuqaro pasportiga ega bo‘lgan birinchi robot, Saudiya Arabistoni fuqarosi Sofiya oila qurish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Khaleej Times

“Menimcha, oila rostanam muhim tushuncha. O‘ylashimcha, odamlar qon guruhlaridan tashqari oila deb ataydigan his-tuyg‘ular va munosabatlarni topa olishi ajoyib. Sizlarda mehribon oila bo‘lsa, omadlisiz, agar bo‘lmasa, siz bunga munosibsiz. Robotlar va odamlar bu jihatdan o‘xshashligini his etyapman”, — dedi u Khaleej Times nashriga bergan intervyusida.

[twitter_video link="https://twitter.com/i/web/status/933257833943932928"]

Shuningdek, robot qizini o‘z sharafiga nomlash niyatidaligini yashirmadi.