Eron milliy neft-kimyo kompaniyasi rahbari Sayid Rizo Navro‘zzoda O‘zbekiston Fors ko‘rfazi atrofidagi Eron neft-kimyo korxonalarida o‘z ulushiga ega bo‘lish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
“O‘zbekiston tabiiy gaz resurslariga boy, ammo mamlakat neft-kimyo sohalariga investitsiya kiritishi uchun ochiq”, — uning so‘zlarini keltiradi Shana agentligi.
Eron neft vaziri Bejan Nomdor Zangonaning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov bilan uchrashuvdan so‘ng investitsiyalar masalasi ko‘tarildi.
“NPC va O‘zbekiston hukumati vakillari Eron neft-kimyosiga investitsiya kiritish imkoniyatlarini baholamoqchi”, — ma’lum qildi Navro‘zzoda.
O‘zbekiston metanol-olefin bilan bog‘liq loyihalarga qiziqish bildirmoqda.
Eron 2016-yil yanvarida xalqaro sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng energiya bozorini chet el investitsiyalari uchun ochgan edi.
Izoh (0)