Yaponiya Deep Space Gateway xalqaro dasturidagi ishtiroki doirasida 2020-yillarga kelib astronavtlarini Oy yuzasiga yuborish niyatida. Bu haqda “Iomiuri” nashriga mamlakat hukumatidagi manbalar ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: NASA

Xalqaro loyihada qatnashgan taqdirda Yaponiya Oy yuzasiga qo‘ndirish uchun kemalar yaratish, shuningdek, yapon mutaxassislarining suv va havoni tozalash sohasidagi ishlanmalari, transport kosmik kemalarini tutashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarini taklif etishi mumkin edi.

Shu tariqa, Yaponiya hukumati nafaqat Oy yuzasiga boshqariladigan missiyalarda ishtirok etish, balki mamlakatning koinot sohasida xalqaro sahnada raqobatbardoshliligini oshirishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumot uchun, NASA va uning yetakchi koinot agentliklaridagi sheriklari 2020-yillar boshida Oy orbitasida Deep Space Gateway moduli qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda.