AQShning milliy bayrami hisoblangan Minnatdorchilik kuni munosabati bilan Nyu-Yorkda 24-noyabr, payshanba kuni har yili bo‘lib o‘tadigan an’anaviy parad bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirni kuzatish uchun uch yarim milliondan ortiq kishi shahar ko‘chalariga chiqdi. “TASS” parad aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Paradga megapolis meri Bill de Blazio start berdi. Parad ishtirokchilari qariyb to‘rt kilometrli yo‘nalish bo‘ylab yurdi. Ular yirik qo‘g‘irchoqlar, multfilmlar va komikslarning mashhur qahramonlari shaklidagi yirik havo sharlarini paradga olib keldi. Minnatdorchilik kunidan so‘ng AQShda Rojdestvo mavsumi boshlanadi.
NBC telekanali tomonidan uch soat davomida efirga uzatilgan paradni, dastlabli ma’lumotlarga ko‘ra, qariyb 50 million kishi tomosha qilgan. Mazkur tadbir bayramning 91-marta nishonlanishi bo‘ldi.
Minnatdorchilik kuni AQShning 16-prezidenti Avram Linkoln tomonidan 1863-yilda mamlakatning milliy bayrami deb e’lon qilingan. AQShda rasman dam olish kuni hisoblanadigan bu kun Kongressning 1941-yildagi rezolyutsiyasiga asosan noyabr oyining to‘rtinchi payshanbasida nishonlanadi va amerikaliklar uni oila davrasida o‘tkazadi. Amerika avtomobil assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 50,9 million kishi qarindoshlarini ko‘rish uchun boshqa shahar va shtatlarga yo‘l olgan.
Izoh (0)