Zimbabvening harbiylar tomonidan qamoqqa olingan sobiq iqtisodiy rivojlanish va moliya vaziri Ignasius Chombo politsiyaga topshirildi. Bu haqda siyosatchining qarindoshiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq vazir qamoqda payti harbiylar tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklangan. Mamlakat huquq-tartibot organlari vakili Cheriti Charamba bu haqda ma’lumotga ega emasligini bildirgan.
Bundan tashqari, sobiq vazirning advokati Ignasius Chombo Xararеdagi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, Chombo qo‘l, oyoq va belidan jarohat olgan.
Advokat bir haftalik qamoq paytida sobiq vazirning ko‘zlari bog‘liq turganini ham qo‘shimcha qilgan.
Chombo korrupsiya va lavozimini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)