Zimbabve “Demokratik o‘zgarishlar harakati” muxolifat partiyasi uning vakillari mamlakat yangi prezidenti Emmerson Mnangagva inauguratsiyasiga taklif etilmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda 23-noyabr, payshanba kuni AP agentligi xabar berdi, deb yozadi “Interfaks”.
Partiya matbuot kotibi Obert Guru partiya rahbari, sobiq bosh vazir Morgan Svangirai tadbirga rasmiy taklif olmaganligini ma’lum qildi.
Muxolifat a’zolari partiya Mnangagvaning birgalikda ishlash istiqboli mavzusidagi yangi izohlarini diqqat bilan kuzatayotganligini bildirdi.
Zimbabvening sobiq vitse-prezidenti Mnangagva 24-noyabr, juma tongida poytaxt Xarareda mamlakat prezidenti sifatida qasamyod qabul qiladi.
Izoh (0)