Tvorogli pirog chizkeykning soddaroq va qo‘polroq tarzda tayyorlangan bir ko‘rinishidir. Xamir va tvorog proporsiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, biroq tvorog ko‘proq bo‘lishi kerak, shunda pirog teksturasi muloyim va mayin bo‘ladi.

Foto: “Gotovim-doma.ru”

Zarur masalliqlar:

xamiri uchun:

  • 150 g un
  • 0,5 stakan shakar
  • 100 g margarin
  • 1 choy qoshiq razrixlitel

tvorogli qiymasi uchun:

  • 450 g tvorog
  • 0,75 stakan smetana
  • 3 ta tuxum
  • 0,5 stakan shakar

Tayyorlanishi:

Xona haroratida yumshagan 100 g margarinni 0,5 stakan shakar bilan vilka yordamida aralashtiramiz.

Razrixlitel bilan aralashtirilgan 150 g unni unga qo‘shib, qo‘lda aralashtiramiz, shunda unli ushoqchalar hosil bo‘ladi — bu xamirdir.

450 g tvorogni olib, vilka bilan ezamiz hamda unga 0,75 stakan smetana, 3 ta tuxum sarig‘i va 0,5 stakan shakarni qo‘shamiz. Barchasini mikser yordamida aralashtiramiz.

3 ta tuxum oqini alohida idishda mikserda ko‘pirtirib, tvorogli massaga solamiz va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Formaga xamirning 2/3 qismini sepib solamiz.

Ustidan tvorogli qiymani tekis qilib yoyamiz.

So‘ng xamirning qolganini sepib chiqamiz.

Pirogni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 25—30 daqiqa davomida pishiramiz.

Tvorogli pirog tayyor. Yoqimli ishtaha!

Manba: “Gotovim-doma.ru”