Qo‘shiqchi Nyusha doim qora sochlari bilan mashhur bo‘lgan. Biroq uning o‘zi tomonidan Instagram’ga joylangan suratlarga ishonish mumkin bo‘lsa, uning sochlari rangi endi sariq, deb yozadi 7MedNews.

Foto: 7MedNews

Qo‘shiqchi imidjining tubdan o‘zgarishi uning muxlislari aksariyati uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Gap shundaki, Nyusha nafaqat sochlari rangini o‘zgartirish, balki ularni kaltalashtirishga ham qaror qilgan — u chyolkasini qirqtirgan.

“Selena Gomesning ortidan aqldan ozdim”, — deya kutilmagan qarorini izohlaydi qo‘shiqchi.

Odatda Nyushadagi o‘zgarishlarni har doim ma’qullaydigan muxlislari bu safar deyarli bir ovozdan bu o‘zgarishga qarshi fikr bildirdi. Qo‘shiqchi hayotini kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilari aksariyatining fikricha, bunday uslub unga yarashmagan.

Ba’zilar uni hatto Sergey Zveryev va Jastin Biberga o‘xshata boshladi va bunday soch turmagi bilan bu mashhurlar bir-biriga juda o‘xshashini ta’kidladi.

Shunga qaramasdan, Nyushani qo‘llab-quvvatlagan foydalanuvchilar ham topildi.