Noyabr oyining boshlarida Samsung kompaniyasi kulgili rolikni taqdim etdi. Unda kompaniya Apple ishqibozlariga ulg‘ayishni va Samsung Galaxy smartfonlarini sotib olishni taklif etdi, deb xabar beradi “ITC.ua”.

Foto: ”ITC.ua”

Keng jamoatchilik e‘tiborini tortgan videorolikda iPhone smartfonlarining turli kamchiliklari ko‘rsatiladi. Motorola kompaniyasi Samsung’ning kreativligi bilan kuch sinashishga qaror qildi va rolikning o‘ziga xos yakunini taqdim etdi.

Xususan, Motorola vakillari Facebook orqali Samsung kompaniyasiga murojaat qilib, “Bizga sizning reklamangiz juda yoqdi, biroq uni oxiriga yetmagan deb hisoblaymiz”, deb yozdi.

Motorola syujet xotimasini quyidagicha ko‘radi: yosh yigit sevgan qizining uyiga mehmonga keladi va unga yaqinda xarid qilgan Galaxy Note 8 smartfonining “cheksiz” ekranida o‘zlarining birga vaqt o‘tkazgani aks etgan videorolikni ko‘rsatadi. Biroq uning sevgan qizini bu harakat unchalik ta’sirlantirmaydi. U o‘zining Moto Z2 Play Moto smartfonini olib, unga yengil harakat bilan InstaShare Projector Moto Mod modulini biriktiradi va uni proyektorga aylantiradi. Shundan so‘ng ular videoni devorda katta formatda tomosha qiladi.

Video so‘ngida Motorola Moto Mods yechiladigan modulli Moto Z smartfonlari Samsung’ning so‘nggi smartfonlarining munosib yangilangan ko‘rinishi hisoblanishini uqtirmoqchi bo‘ladi.