O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In hamrohligida Seul shahridagi Janubiy Koreya Milliy muzeyiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.

Mazkur muzey Janubiy Koreyaning eng yirik tarixiy va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. 1945-yil asos solingan muzey uchun 2005-yil o‘ziga xos me’moriy yechimga ega zamonaviy bino barpo etilgan. Osiyoda eng yirik, deya e’tirof etiladigan ushbu muzey ko‘lami jihatidan dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Muzeyda 220 mingdan ortiq tarixiy, badiiy, arxeologik va boshqa eksponatlar mavjud.

Shavkat Mirziyoyev muzey bo‘limlari va eksponatlari bilan tanishdi. Madaniy-gumanitar sohada ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.