Gollivud aktrisasi Uma Turman Instagram’dagi sahifasida prodyuser Xarvi Vaynshteyn haqida izoh qoldirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Post minnatdorlik kuniga bag‘ishlangan edi, ammo unga aktrisa #metoo heshtegini qo‘shdi. Vaynshteynning tegajog‘liq qilganidan shikoyat qilgan ayollar aynan shu heshtegdan foydalanadi.
https://www.instagram.com/p/Bb2h0hBlV3T/
“Hammaga xayrli minnatdorlik kuni tilayman! (Xarvi, sendan va she riklaringdan. Ish sekin ketayotganidan xursandman — sen hatto o‘qqa arzimaysan. Aloqada qoling!” — deyiladi xabarnomada.
Xarvi Vaynshteyn ko‘plab aktrisalar tomonidan tegajog‘liqda va jinsiy zo‘ravonlikda ayblandi. Uning ishini prokuratura o‘rganmoqda.