Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya Yevropani qurolsiz portlatib yubora oladi deb hisoblaydi. Bu haqda u Bryusselda bo‘lib o‘tgan “Sharqiy hamkorlik” sammiti doirasida bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
“Yevropa jiddiy raqibga — Rossiyaga ega bo‘ldi... Yevropani portlatib yuborish uchun Rossiya qurol bilan hujum qilishi shart emas — Yevropa birligiga rahna solishi yetarli”, — dedi u.
Poroshenkoning so‘zlariga qaraganda, Yevropa bunga qarshi tura olishi uchun siyosiy, ritorik va ideologik jihatdan qattiqqo‘l bo‘lishi lozim.
“Rossiyaning Yevropadagi gibrid urushi darslaridan saboq chiqarish lozim”, — xulosa qildi Ukraina rahbari.
Izoh (0)