Olmaotalik erkak avtotransportni olib qochish uchun yangi texnologiyalar bilan qurollanish maqsadida kvartirasini sotdi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Shahar IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yaqin vaqtgacha bozorda kiyim-kechak sotgan 45 yoshli fuqaro V. va uning 35 yoshli rafiqasi D. “Toyota Xaylander” yo‘ltanlamasini olib qochishda gumon qilinmoqda.
Fuqaro V. dastlab kvartirasini 27 ming dollarga sotib, internet orqali transport vositalari kodini aniqlovchi qurilmani xarid qildi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rgan er-xotin 2 million tengega olib qochmoqchi bo‘lgan mashinaga o‘xshash nosoz mashinani xarid qildi. Mashinani zahira qismlariga ajratib, uning faqat texnik pasporti va kuzov raqamini qoldirdi. Uni olib qochilgan avtomobilga o‘rnatish haqida ustalar bilan kelishdi.
27-oktabrga o‘tar kechasi fuqaro D. tanlangan avto egasi bilan birga liftga chiqib, qurilma yordamida pult ma’lumotlarini aniqladi. Ikki daqiqadan so‘ng “Xaylander” olib qochildi.
Tergov davomida erkak mashinani sotishni rejalashtirganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)