Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi 6 flagmanini yangilashga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Mi 7 ning konseptual tasviri. Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Internetda Xiaomi kelasi yili chiqarishi kutilayotgan yangi avlod Mi 7 flagman smartfonining taxminiy xususiyatlari va hatto narxi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Qurilma 2018-yilning birinchi choragida yoki ikkinchi choragi boshida taqdim etilishi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mi 7 6,1 dyuymli 18:9 OLED-displey (Samsung’dan), Snapdragon 845 protsessori, 6 Gb tezkor xotira, 16+16 megapikselli qo‘sh kamera, 3350 mA/soat sig‘imli akkumulyator (+ tezkor quvvat olish)ga ega bo‘ladi.

Mi 7 2699 yuan (taxminan 400 dollar)dan boshlanadigan narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.