Toyota insonga o‘xshash uchinchi avlod roboti — T-HR3ni taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: Toyota

Gumanoidni kompaniyaning Partner Robot Division bo‘linmasi ishlab chiqdi. Robotning faoliyati asosida unga foydalanuvchi harakatlarini imitatsiya qilishga imkon beruvchi masofaviy manyovr tizimi yotadi.

Dastlabki paytlarda 74 kilogrammli robot sinov platformasi tariqasida qo‘llanadi. Kelgusida Toyota bunday gumanoidlardan uylar qurish, tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni qidirish va koinotni o‘zlashtirishda foydalanishni rejalashtirmoqda.

T-HR3 29-noyabrdan 2-dekabrgacha Tokioda bo‘lib o‘tadigan Robotlar xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etiladi.