Har o‘n ispaniyalikning yetti nafari Kataloniya mintaqasining mustaqil bo‘lishiga qarshi. Buni My Word tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rov natijalari ko‘rsatdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Savol quyidagicha qo‘yilgan edi: “Kataloniya mustaqil davlatga aylinishini xohlaysizmi?”. Bunga respondentlarning 71,1 foizi salbiy javob qaytardi, 10,1 foizi Kataloniya mustaqilligiga xayrixohligini bildirdi.
Kataloniyaning o‘zida hamon tenglik saqlanmoqda: qarshilar — 40,2 foiz, xayrixohlar — 39,2 foiz.
Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 25 foizi Kataloniya taqdiri markaziy hokimiyat bilan kelishib o‘tkazilgan referendum hal etilishi lozim deb hisoblaydi. Kataloniyada bu fikrga 48,9 foiz odam qo‘shildi.
Izoh (0)