Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe va uning rafiqasi Greysga sud ta’qibidan immunitet taqdim etildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Zimbabve prezidenti Robert Mugabe sud ta’qibidan immunitetga ega bo‘ldi va mamlakat ichida uning xavfsizligi iste’foga sabab bo‘lgan kelishuv doirasida ta’minlanishiga kelishib oldi”, — deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, 93 yoshli Mugabe pension paketga ega bo‘lib, uning tarkibiga pensiya, uy-joy, transport nafaqasi, tibbiy sug‘urta, havo sayohatlari limiti va qo‘riqlash xizmati kiradi.
Endi Mugabe tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Singapurga yo‘l olsa bo‘ladi. U mazkur mamlakatga noyabr oyining o‘rtalarida borishni rejalashtirgan edi, ammo harbiy to‘ntarish tufayli rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)