O‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayev Qirg‘izistonning Bishkek shahrida faoliyatidagi navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Foto: “Olamsport”

WEF44 turniri doirasida Xonto‘rayev rossiyalik Konstantin Andreytsevga qarshi oktagonga chiqdi. U jangni yaxshi boshlagandi, biroq texnik xato sabab raqibining ostida qoldi. Bir necha soniya davomida Konsantin o‘zbekistonlik sportchiga tik turib olish imkoniyatini bermadi va unga bir qator zarbalar berib ulgurdi.

1-raund hali tugamay turib, Konstantinning tirsak bilan berayotgan ketma-ket zarbalaridan keyin Murod Xonto‘rayev mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.