Arxeologlar Isroil hududida qadimiy gruzin cherkovi xarobalarini topdi. “RIA Novosti”ga ko‘ra, ular topilma bir yarim ming yillik o‘tmishga ega deb hisoblamoqda.

Foto: Fotolia

Vizantiya davrida gullab-yashnagan Ashdod-Yam shahri xarobalarini o‘rganish chog‘ida olimlar bag‘ishlov shaklidagi yozuvga duch keldi. Yunon tilida yozilgan xatda qadimgi gruzin yil hisobi uslubi ishlatilgan. Bu tadqiqotchilarga nafaqat topilmaning yoshini aniqlash, balki u Isroilning qaysi qadimgi jamoasiga tegishliligini bilish imkoniyatini berdi.

Quddus yahudiy universiteti doktori Leya Di Segni ibodatxona milodiy 539-yilda qurilgan deb taxmin qilmoqda.

“Bu Isroilda gruzin taqvining ishlatilishi bilan bog‘liq eng qadimiy namunadir”, — dedi olima.