AdMe Britaniya qirollik oilasi bir necha yillardan buyon amal qilib kelayotgan qiziqarli marosim va an’analar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Kamida ikkita farzand
Qirollik oilasining 60 yillik an’anasiga ko‘ra, oilada kamida ikki nafar farzand bo‘lishi kerak. Hech kim uchinchi yoki to‘rtinchi farzand ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi, biroq bu er-xotinning o‘z ixtiyoriga bog‘liq. Yelizaveta II va Edinburg gersogi bu an’anaga bo‘ysunmagan. Hozirda esa Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton uchinchi farzandini dunyoga keltirish niyatida.
O‘tirish qoidalari
Qirollik oilasining ayollari o‘zlari xohlagandek o‘tira olmaydi. Oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish mumkin emas.
Alohida tartib
Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i u bilan yonma-yon yura olmaydi, u deyarli doim undan sal orqaroqda turadi. Shuningdek, yana bir odat mavjud: avvaliga Yelizaveta II Edinburg gersogi bilan o‘tiradi, unda keyin Charlz rafiqasi bilan, shundan so‘nggina shahzoda Uilyam turmush o‘rtog‘i bilan o‘tirishi mumkin.
Bitta qora kiyim
Qirollik oilasining har bir a’zosi o‘zi bilan har qanday safarga albatta qora kiyim olib ketadi (qarindoshlaridan biri vafot etib qolgan taqdirda shoshib qolmaslik uchun). Qirollik oilasi a’zolari hech qaysi rasmiy chiqishlarida qora rangli kiyimlardan foydalanmaydi. U faqat motam holatlarida ishlatiladi.
Bolalar kiyimi
Bolalarga nisbatan juda qattiq tartib mavjud: shimlardan faqatgina kattalar foydalanadi. Shu sababli bolalar yilning istalgan vaqtidan qat’i nazar shortikda yuradi. Va bu dress-kodga kamida 8 yoshgacha amal qilinadi.
To‘rtta ism
Qirollik oilasida tug‘ilgan bolalarning to‘rttagacha ismi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ularning familiyasi bo‘lmaydi. Agarda familiyaga ehtiyoj tug‘ilib qolsa, ular o‘z unvonidan foydalanishi mumkin. Masalan, shahzoda Jorj maktabda Kembrij familiyasidan foydalanadi.
Qirolichaning tug‘ilgan kuni
Qirolichaning tug‘ilgan kunida qirollik oilasining barcha a’zolari ishtirok etishi kerak. Bu borada deyarli hech qanday istisno qabul qilinmaydi, barcha kelishga majbur.
Yangi tug‘ilganlarni cho‘qintirish
Chaqaloqlar Angliya cherkovining yoki Bukingem saroyining rahbari tomonidan, bo‘lmasam ota-onasining xohishiga qarab cherkovda cho‘qintiriladi. Ta’kidlanishicha, ushbu marosimida bolakaylarga 1841-yilda qirolicha Viktoriya cho‘qintirilganda foydalangan kiyimlar kiydiriladi.
Izoh (0)