Tojikistonlik rejissor Barzu Abdurazzoqov O‘zbekiston madaniyat vazirligi taklifiga binoan Toshkentga ishlagani keladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Barzu Abdurazzoqov. Foto: “Novosti Uzbekistana”

U Muqimiy teatri sahnasida spektakl qo‘yib berishi lozim. Pyesa tanlash imkoniyati rejissorning o‘ziga berilgan edi. U Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida shu nomli spektakl sahnalashtirishga qaror qildi.

“Yuqori lirikani sog‘indim, shu bois bu spektakl ustida ishlashga qaror qildim”, — dedi Barzu Abdurazzoqov.

Rejissor oldin ham O‘zbekistonga taklif qilingani, ammo boshqa teatrlar oldidagi majburiyatlari tufayli bu yerga kela olmaganini aytib o‘tdi. Oldinroq Barzu Abdurazzoqov Toshkentda bo‘lgan — 2007-yili u o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birga Molyerning “Skapenning qilmishlari” pyesasini sahnalashtirgan edi.

“Farhod va Shirin” spektakli Muqimiy teatri repertuariga dekabr oyining oxirida qo‘shilishi kutilmoqda. Postanovkani yakunlagach, rejissor Olmaotaning o‘zi badiiy rahbar sifatida ishlayotgan “Jas Sahna” teatriga qaytishni rejalashtirmoqda.