Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan keyin Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Shuningdek, APLning “Yunayted”, “Siti” va “Tottenhem” klublari ham o‘z guruhida yetakchidir.
“Tottenhem” Dortmundda ham zafar quchdi. Kiprda 6 ta gol urgan “Real” pley-offga yo‘l oldi
Mazkur turni Sevilyada o‘tkazgan “mersisayd” klubi 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi. Vaholanki, liverpullik futbolchilar 3 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Biroq bu ustunlikni saqlab qolish Klopp jamoasiga nasib qilmadi.Tomonlarning “Enfild” stadionida kechgan ilk o‘yinida ham g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmagandi — 2:2. “Sevilya” Moskvadagi mag‘lubiyati sababgina liverpulliklardan 1 ochko kamroq to‘plagan.
Moskvaning “Spartak” klubi yetakchilarning ochko yo‘qotishidan unumli foydalanib qolishi mumkin edi. Biroq ular o‘z maydonida Sloveniya klubini yenga olmadi — 1:1. “Maribor” futbolchilari qo‘shimcha daqiqalardagina mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
5-turdan keyin “Maribor”ning hatto Yevropa Ligasiga yo‘l ololmasligi ma’lum bo‘ldi. Qolgan barcha jamoa guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Shunchaki, Sloveniya klubini har ikki o‘yinda ham taslim qila olmagan “spartakchilar” o‘z imkoniyatini ancha kamaytirib yubordi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “E” guruhi. 5-tur o‘yinlari 21-noyabr, seshanba
Izoh (0)