Vashingtondagi miyani tadqiq qilish bo‘yicha Allen instituti olimlari miyaning qarishi va kognitiv qobiliyatlarning pasayishi toshmalarning to‘planib qolishi va neyrofibrillyar tugunlarning hosil bo‘lishi, shuningdek, genlar faolligidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligini aniqladi, deyiladi MedicalXpress saytidagi press-relizda.

Foto: Getty Images

Olimlar 65—90 yoshdagi 107 nafar keksa kishilarning miyasi namunalarini tahlil qilib chiqdi. Asab to‘qimalarini T tioflavini qizil bo‘yog‘i yordamida bo‘yash natijasida ko‘p miqdorda amiloid toshmalar —Alsgeymer kasalligi rivojlanishi bilan bog‘liq beta-amiloidlar peptidlari to‘plami hamda chirmashib ketgan protein tolalar (neyrofibrillyar tugunlar) aniqlandi.

Ularning to‘planishi keksalarda aqli zaiflikni keltirib chiqaradi, ammo bu amiloidli toshmalari bo‘lgan bemorlarning hammasida ham kuzatilmagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aqli zaiflikni DNK faolligida yosh o‘tishi bilan yuzaga keladigan o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Miyaning qarishiga aloqador genlarga mitoxondriya ishlashida ishtirok etadigan va hujayralarni energiya bilan ta’minlovchi organell kirgan.