22-noyabr kuni Zimbabvega sobiq vitse-prezident Emmerson Mnangagva qaytib keldi. U yaqin vaqt ichida prezident mansabiga ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Poytaxt Xarare aeroportida uni minglab odamlar kutib oldi.
Siyosatchi Timsoh laqabiga egaligi bois ayrimlar uni kutib olishga tegishli o‘yinchoqlar va suratlarni ko‘tarib chiqdi.
Bir muddat ilgari Zimbabve parlamenti oldingi prezident Robert Mugabe iste’foga chiqqanini hamda uning o‘rnini Mnangagva egallashini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)