Angliya sudi itning egasi Frensis Torlini hujum bo‘yicha ayblovdan ozod qildi. Okrug sudyasi Mishka laqabli it juda semizligi tufayli velosipedchi qizga tashlana olmagan degan xulosaga keldi, deb yozadi TJournal.
Hayvon Andreu Ostoltga hujum qilishda ayblandi. Qizning talqini bo‘yicha, 2017-yilning aprelida u bog‘da teryeri bilan sayri davomida it ularga tashlangan. Ostolt o‘z itini himoya qilish uchun oyog‘ini qo‘ygan va Mishka go‘yoki uni tishlab olgan.
Shundan so‘ng qiz itning 84 yoshli egasiga qarshi sudga da’vo kiritgan. Sud majlisida Torli Mishka semirishning og‘ir shakliga chalinganligi (u 50 kilogrammga yaqin vaznga ega), shuning uchun kimgadir sakrash u yoqda tursin, hatto yugura olmasligini ma’lum qilgan.
Torlining so‘zlariga qaraganda, uning iti hech kimni tishlamagan, faqat qizning iti hurganiga javoban hurgan. Sud Mishka tuzilishini hisobga olib, it va uning egasini hodisada aybsiz deb topdi.
Mishkaning egasi it qovurilgan tovuq va mol go‘shtini yaxshi ko‘rganligi va uning oldingi sohibi uni haddan ortiq oziqlantirganligini hikoya qiladi. Hozir hayvon maxsus parhezda bo‘lib, asta-sekin ozmoqda.
Izoh (0)