Zimbabve hukmron partiyasi “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” mamlakat prezidenti Robert Mugabe impichmentini boshlash istagida, deb yozadi “Vedomosti”.
Tegishli taklif 21-noyabr, seshanba kungi parlament yig‘ilishida taqdim etiladi. Impichment jarayoni ikki kun vaqt olishi mumkin.
Partiyaning huquqiy masalalar bo‘yicha vitse-kotibi Pol Mangvana bosh ayblov prezident rafiqasiga konstitutsion hokimiyatni noqonuniy egallashga yo‘l qo‘yganligida ekanligini ma’lum qildi. U prezident rafiqasining mamlakatni boshqarish huquqi yo‘q ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq CNN Mugabe iste’foga ma’lum bir shartlar evaziga chiqishga rozi bo‘lganligini ma’lum qilgan edi. Telekanal manbalariga ko‘ra, generallar unga va uning rafiqasi Greysga to‘liq immunitet taqdim etishga rozi bo‘lgan. Shuningdek, Mugabega bor mol-mulkini saqlab qolishga ruxsat berilgan.
Izoh (0)