Xitoylik robot Syao I davlat imtihonini topshirib, shifokorlik amaliyoti uchun litsenziya olgan birinchi robot bo‘ldi, deb yozadi “Snob.ru” Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib.

Foto: “Life.ru”

Robot 10 soat ajratiladigan topshiriqni bir soatdayoq bajarib bo‘ldi. U maksimal 600 balldan 456 ball to‘pladi.

Ishlab chiquvchilar Syao Ini bir yil davomida imtihonga tayyorlab, uning xotirasiga tibbiyot darsliklaridagi ma’lumotlarni kiritdi. Testdan u o‘n nafar imtihon oluvchining nazorati ostida o‘tdi va javoblarni internetdan ko‘ra olmadi: Syao Ini ataylab internetdan uzib qo‘yishdi.