Moldova va Ukrainaning bir necha fuqarosi mamlakatda bo‘lish tartibini buzganlik uchun O‘zbekistondan chiqarib yuborilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBga ko‘ra, ular “Abu Saxiy” bozorida turli buyumlar, xususan, oshxona buyumlari, idish-tovoq va boshqa tovarlarni arzon bahoda xarid qilib, so‘ng bozorlarda, supermarketlar yonida va mahallalarda Yevropada tayyorlangan mahsulot sifatida qimmatroq narxda qaytadan sotgan.
Moldova fuqarolari Aleksandr Pleshko, Aleksandr Chebotar, Mixail Chebotar, Nikolay Sherban, Vasile Sherban, Vadim Sharban va Moisei Preida hamda Ukraina fuqarosi Maksim Radu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 225-moddasi 1-bandiga muvofiq mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Matfey Nenit, Mixail Nenit, Yerimia Kir va Nikita Radukanga nisbatan shunday qonunbuzarlik uchun mamlakatdan chiqarib yuborish chorasi belgilandi.
Izoh (0)