Farer arxipelagi tarkibiga kiruvchi, maydoni 0,8 kvadrat kilometrga teng Luytla-Duymun oroli hech qachon odamlar bilan to‘lib toshmagan: u yerda resusrlar juda kam. 414 metrli tepalikning qiyaliklari to‘g‘ri sovuq to‘lqinlarga borib tutashadi, deb xabar berdi National Geographic.
Luytla-Duymun skandinaviyaliklarga o‘rta asrlardayoq ma’lum bo‘lgan. 1852-yilga qadar u Daniya qirolligiga tegishli bo‘lgan va keyinchalik qo‘shni Suvuroy orollarining aholisiga sotib yuborilgan.
Natijada orolda qachonlardir yashagan sut emizuvchilarning yagona turi yo‘q bo‘lib ketdi: yovvoyi qo‘ylar. Bugungi kunda Luytla-Duymun o‘tloqlarida yurgan qo‘ylar — xonakidir: fermerlar ularni iliq mavsumlarda olib kelishadi.
Turizmning rivojlanishi bilan orol odamlar e’tiborini ko‘proq jalb qila boshladi (u yerga tashrif buyurish qiyinligiga qaramay). Faqatgina tinch ob-havo sharoitida uning qirg‘oqlari bo‘ylab sayr qilish, undan keyin qo‘ylarning egalari tomonidan tortilgan arqonlar yordamida tepaga tirmashib chiqish mumkin.
1918-yilda kimsasiz Luytla-Duymun oroli o‘z qirg‘oqlarida halokatga uchragan “Kasper” kemasining olti nafar dengizchisi uchun boshpanaga aylangan. Jamoa bir juft qo‘y va qushlarni ushlab, suvuroyliklar yordamga kelguniga qadar 17 kun yashashga muvaffaq bo‘lgan.
Luytla-Duymunda uyali aloqa, elektr ta’minoti va internet bo‘lmaganligi sabab ba’zida odamlar bu yerga sokinlik istab tashrif buyuradi.
Izoh (0)