Kayfiyatni to‘g‘ri tanlangan antidepressant oziq-ovqatlar yordamida ham yaxshilash mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Loviya

Hatto, xalqimiz orasida ko‘p ishlatiladigan shunday ibora ham bor: dukkaklilarni qancha ko‘p yesangiz, shuncha ko‘p kulib yurasiz. Dukkaklilar hazm qilinishi qiyinroq bo‘lsa ham, bu ibora haqiqatdan unchalik uzoq emas.

Semichka

Semichka – bu fastfudning eng sog‘lom o‘rnini bosuvchisi hisoblanadi.

Ularni o‘zingizni ma’yus va g‘amgin his qilgan vaqtlarda yeyishingiz mumkin, chunki ular omega-3 yog‘ kislotasiga boy. Buning ustiga, kungaboqar yoki oshqovoq urug‘lari tarkibidagi moddalar boshqa har qanday ovqatlardagi foydali moddalarning hazm bo‘lishiga yordam berishi mumkin.

Olma

Bir kunda bir dona olma ko‘pchilik odamlarni mavsumiy depressiyaga tushishdan saqlab qolgan. Rezavor mevalar kabi olmalar tarkibida ham oksidlanish va hujayra darajasidagi yallig‘lanishning oldini olishga yordam berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab antioksidantlar mavjud.

Ular shuningdek, qondagi shakar miqdorini tenglashtirib turadigan eruvchi kletchatkalarga juda boy.

Salat barglari va ko‘katlar

Og‘ir depressiya miyada yuz beruvchi yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq. Ko‘katlarda ularga butunlay barham beruvchi maxsus moddalar bor.

Ratsionga salat barglarini muntazam ravishda qo‘shish orqali hatto quyosh yorug‘ligi va mavsumiy vitaminlar yetishmagan hollarda ham hech qanday depressiya alomatlarining paydo bo‘lmasligiga erishish mumkin.

Yong‘oq

Yong‘oq omega-3 yog‘ kislotasining eng boy o‘simlik manbalaridan biri hisoblanadi. O‘z navbatida ko‘p sonli tadqiqotlar bu kislotaning miya faoliyatiga yordam berishini va depressiya alomatlarini kamaytirishini isbotladi.

Rezavor mevalar

Chernika, malina, qulupnay va maymunjonlar tarkibida antioksidantlar eng yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlardan hisoblanadi. Ularni muzlatilgan holatda, shuningdek murabbo yoki jele holda yeyish mumkin.

Qo‘ziqorin

Qo‘ziqorinlarning ruhiy salomatlikni eng muvofiq holatda ushlab turishining ikki sababi bor.

Birinchidan, qo‘ziqorindagi kimyoviy moddalar insulin bilan hamkorlikda harakatga kirishadi, bu esa qondagi shakar miqdorining o‘zgarishiga to‘sqinlik qilishga va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi.

Ikkinchidan, qo‘ziqorinlar – bu sog‘lom ichak bakteriyalarini hosil qiluvchi probiotiklar hisoblanadi. Ular bizning kayfiyatimiz bilan bevosita bog‘langan, chunki ichakdagi asab hujayralari 80% serotonin ishlab chiqaradi.