BAAning Saadiyat orolida 11-noyabr kuni Abu-Dabi Luvri ochildi. Badiiy san’at muzeyi rasman dunyodagi eng mashhur muzeylardan birining nomini oldi. Bu nomdan 30 yil davomida foydalanish huquqi uchun Abu-Dabi Fransiyaga 525 million dollar to‘lagan. 300 ta san’at asarining ijarasi esa 750 million dollarga tushgan. Ijaraga olingan asarlar ichida Leonardo da Vinchi, Van Gog va Pikassoning asarlari ham bor. TJournal mazkur muzeyning suratlarini taqdim etdi.

Foto: TJournal

Binoning gumbazi bir-biriga birikkan va quyosh nurini o‘tkazuvchi sakkiz mingta metall yulduzdan tayyorlangan. Gumbazning shakli mintaqaning me’moriy an’analarini eslatib turadi. Devorlarni qurishda ishlatilgan oq kublar arab qishloqlarini timsollantirib turadi va Madina shahriga o‘xshatish sanaladi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Bino madaniy markazning bir qismi sifatida loyihalashtirilgan. Markazda keyinchalik Solomon Guggenxaym muzeyining filiali va Shayx Zaid milliy tarix muzeyi joylashadi. Muzey arxitektori Jan Nuvel hisoblanadi, loyihalash va qurilish uchun umumiy hisobda 10 yil ketgan. Abu-Dabi Luvrida 26 ta alohida galereya bilan birga, 270 o‘rinli majlislar zali, restoran, do‘kon va kafe bor.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Joriy yilning 21-dekabrida “Bir Luvrdan ikkinchisiga: muzeyning barcha uchun ochilishi” nomli birinchi ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi.