O‘zbekiston boks termasi safida Rio—2016 Olimpiadasida ishtirok etgan va festivalni bronza medali bilan yakunlagan Murod Ahmadaliyev faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
“Olamsport” nashrining xabar berishicha, Ahmadaliyev allaqachon AQSh vizasini olishga muvaffaq bo‘lgan. U yaqin orada okeanortiga jo‘nab ketadi. Prof ringdagi ilk jang sanasi qachon va qayerda o‘tishi, unga kim raqib bo‘lishi haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q.
Bungacha Rio—2016 qahramonlaridan Fazliddin G‘oibnazarov va Rustam To‘laganov prof boksga o‘tib ketgandi. Murod Ahmadaliyev Rio Olimpiadasining -56 kilogramm vazn toifasidagi sportchilari orasida ringga chiqqan. Mazkur vazn toifasida kubalik Robeysi Ramires chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)