Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQShni Yaqin Sharqda o‘z tartiblarini o‘rnatishda terrorga qarshi kurashni niqob qilib olganlikda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz AQSh siyosati bizning mintaqamizdan tashvishdaligi haqida doim gapiramiz. IShID paydo bo‘ldi va yo‘qoldi, ammo so‘roq alomatlari qoldi. Siz Suriyani IShIDdan tozaladik dedingizku, nega Suriyaga hali ham qurol ortilgan yuk mashinalari kelyapti? Ular qaysi mamlakatga qarshi ishlatiladi?”, — dedi u Anqarada bo‘lib o‘tgan Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasining uchrashuvida qilgan chiqishida.
“Biz gap nimadaligini bilamiz. Gap terrorchilikka qarshi kurashda emas, demokratiyada emas, tinch aholi hayotidan xavotirda emas. Terrorga qarshi kurashni bahona qilib, ular Yaqin Sharqda yangi tartib o‘rnatmoqchi”, — so‘zida davom etdi davlat rahbari.
U, kurd ko‘ngilli otryadlarini nazarda tutib, Suriyada bir terrorchi guruhning o‘rnini boshqasi egallayotganini aytdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)